«Barselona» Xulian Alvarezni qo'lga kiritish reyasidan voz kechmayapti. Katalon klubining prezidenti Joan Laporta Alvarezni ajoyib xarid deb hisoblaydi. «Sine-granatovlar» argentin futbolchining transfer uchun qilgan harakatlarini yuqori baholamoqda. Xulian jamoasini o'zgartirish istagini ochiq aytgan, ammo «Atletiko» haqiqiy muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi.
El Nacional xabariga ko'ra, «Barselona» Xulian Alvarezni qo'lga kiritish strategiyasiga ko'ra, qishki transferda himoyachi Alejandro Baldeni sotishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Frenki de Yongning ketishi ham istisno qilinmaydi. «Sine-granatovlar» bu ikki o'yinchidan voz kechish orqali Alvarezni sotib olish xarajatlarini qoplashlari mumkin.
Umuman olganda, «Barselona» 26 yoshli Alvarezga qishda yana murojaat qilishi mumkin.
