«Barselona» o‘zining rasmiy saytida hujumchi bilan shartnoma uzaytirish to‘g‘risida e’lon berdi. Hamza Abdelkarim Katalon klubiga 2030 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar allaqachon kelishib oldilar – shartnoma 15 sentyabr, seshanba kuni «Barselona» prezidenti Joan Laporta ofisida imzolanadi.
2026 yilning boshida Hamza Abdelkarim «Barselona»ning yoshlar tarkibiga qo‘shilgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan La Liga o‘yinida «Rayo Valekano» ga qarshi Abdelkarim «ko‘k-qizil» jamoasining asosiy tarkibida debyut qildi.
«Barselona»ning navbatdagi o‘yini 13 sentyabrda «Levante»ga qarshi bo‘ladi.
