«Barselona»ning yarim himoyachisi Rodri «Valensiya» haqida aytgan so‘zlari bo‘yicha izoh berdi. Kameralar Rodri «sovuq qushlar» juda yomon o‘ynayotganini aytganini yozib oldi.
«Mening so‘zlarimdan xafa bo‘lgan barcha kishilardan, o‘yinchilardan va muxlislardan uzr so‘rayman. Men do‘stim Gaya bilan gaplashdim va uzr so‘radim. Bu hayratlanish reaktsiyasi edi, va umid qilamanki, «Valensiya» o‘z joyiga qaytadi», - deydi Rodri The Touchline'ga.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘tgan yakshanba kuni «Valensiya»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. «Sovuq qushlar» to‘rt turdan so‘ng La Liga turnir jadvalida oxirgi o‘rinda turibdi.
