Madriddagi Real vingeri Rodrigo, xoch bog'lamining yirtilishi sababli tiklanishda davom etmoqda. 25 yoshli futbolchi og'ir jarohatni bahorning boshida oldi.
“Rodrigo fevralgacha qaytadi. U jamoaga mavsumning muhim qismlarida yordam bera oladi – va u har doimgidek muhim bo'ladi,” – deydi o'yinchining otasi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.
Rodrigo umumiy hisobda Real uchun barcha musobaqalarda 297 ta o'yin o'ynab, 71 gol va 57 golli uzatma qayd etdi. Braziliyalik futbolchining qirollik klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
Seshanba kuni Real o'z maydonida Milanning «Inter» jamoasini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida 2:1 hisobida mag'lub etdi.
