«Barselona» Atletik» Bilbao ustidan La Ligadagi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaga uchta ochko Rafinyo Dias va Fermin Lopezning 37 va 82-daqiqalarda kiritgan to‘plari bilan taqdim etildi.
Katoloniyaliklar o‘yinda barcha jihatdan ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi mehmonlar safidan, albatta, darvozabon Unai Simon deb topildi. Jahon chempioni sakkiz zarbani qaytarib, deyarli ikki golni (xG-modelga ko‘ra 1,69) oldini oldi. Agar uning qahramonliklari bo‘lmasa, basklar juda katta hisobda mag‘lub bo‘lishi mumkin edi.
«Barselona» La Liga jadvalida olti ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Atletik esa hech qanday ball to‘plamagan holda oxirgi o‘rinda joylashgan.
