«Real» sentyabrning oxirgi kunida himoyachi Raul Asensio operatsiyaga muhtojligini e'lon qildi. Jarrohlik aralashuvi juma kuni bo'lib o'tadi. 

Marca nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Asensioni tiklanishi uchun ikki dan to'rt oygacha vaqt kerak bo'ladi. Shu tariqa, futbolchi 2026 yilda maydonga qaytmasligi mumkin.

Umuman olganda, «Real»ning asosiy jamoasida Raul Asensio 80 ta o'yin o'ynagan. U bu o'yinlarda ikki gol urgan va uchta golli pas berishga muvaffaq bo'lgan.

Hozirda «Real» Ispaniyaning La Liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda turibdi. Birinchi o'rindagi «Barselona»dan madridliklar olti ochko ortda qolmoqda.