Forvard «Atletiko» Madrid Xulian Alvares hali ham «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bunga Fichajes xabar bermoqda.
Manbaning maʼlumotlariga koʻra, «Barselona» Alvares uchun qoʻshimcha toʻlov bilan almashtirish variantini koʻrib chiqmoqda. Kataloniyaliklar «matraschilar»ga Frenki de Yong, Alehandro Balde yoki Dani Olmoni taklif qilishlari mumkin, ammo hozirda bu masalada rasmiy muzokaralar yo'q.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Alvaresni yozgi transfer oynasida sotib olishni xohlagan edi, ammo «Atletiko» o‘z yetakchisini sotishga rozi bo‘lmadi.
Hozirgi mavsumda 26 yoshli argentinalik to‘rt uchrashuvda ishtirok etib, bitta g‘olibiyat uzatmasini amalga oshirdi.
