«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda qanday qilib yanada samarali bo'lganini tushuntirdi.
19 yoshli futbolchi xalqaro tanaffusgacha «Barselona» uchun sakkizta gol urdi va sakkizta o'yinda olti assist berdi, lekin bu bilan to'xtamadi va terma jamoa safida raqiblarni qiynashda davom etdi – Ligada 3+1 natijasi bilan ikki uchrashuvda o'ynadi.
«Men taraqqiy etyapman. 16 yoshimdan o'ynayapman va har bir mavsumda o'yinimni yaxshilayman. Hammasini jamoa manfaatlari uchun qilaman», – deydi Yamal The Touchline'ga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Lamin Yamal 45 o'yinda 24 gol urdi va 18 assist berdi, bu esa Xans-Diter Flik jamoasi uchun juda yaxshi natija bo'ldi.
