«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning hujumchisi Lamine Yamalning «Oltin to'p»dagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Lamine Yamal — tomoshabinlarni o'zining o'yinlari bilan xushnud etadigan futbolchilardan biri. Umid qilamizki, adolat o'rnini topadi va «Oltin to'p»ni «Barselona» futbolchisi qo'lga kiritadi. Agar bu Lamine bo'lsa, biz juda xursand bo'lamiz», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Oldinroq «Oltin to'p» g'olibini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni tugallandi. Natijalar 26-oktabrda bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi. Hozirda asosiy da'vogarlar sifatida Yamal va Keyn ko'rsatilmoqda.
Yangi mavsumda 19 yoshli Yamal barcha musobaqalarda sakkiz o'yin o'tkazdi, sakkiz gol urdi va oltita assist berdi.
