«Barselona»ning yangi o'yinchisi Rodri debyutidan so'ng ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlashdi.
30 yoshli yarimhimoyachi Atletik Bilbao bilan bo'lgan La Liga o'yinining 63-daqiqasida Rafinyu Diasni almashtirdi. Uchrashuv «ko'k-qizil» jamoaning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Debyutim va g'alabamizdan juda mamnunman. Endi bizda 6 ochko bor. Ritmni olish va moslashish muhim. Birinchi o'yin juda ijobiy his-tuyg'ular berdi. Mening uchun o'yin vaqtini olish, shaklni tiklash muhim edi.
Bu yoz juda uzun va voqealarga boy bo'ldi. Men hali 100% tayyor emasman, sharoitni tiklashim kerak, lekin hammasi qanday rivojlanayotganidan mamnunman», – deydi Rodri, Barca Universalga ko'ra.
«Barselona» o'zining jahon chempioni Rodrini o‘tgan hafta Manchester Sitidan sotib oldi.
