Madridning Real jamoasi murabbiyi Jozef Mourinyo Kilian Mbappeni Krishtianu Ronald bilan taqqoslash haqidagi fikrlarini bildirdi.

Chorshanba kuni fransuz futbolchisi La Ligada «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda hat-trik qildi (4:1). 27 yoshli hujumchining «oq ko‘ylaklilar» safida 105 o‘yinda 89 goli bor.

«Mbappening Ronald bilan taqqoslanishi? Men futbolchilarni taqqoslashni yoqtirmayman, lekin Kilian haqiqatan ham ajoyib. U allaqachon tarixga kirdi – uning jahon chempionatidagi gollar rekordini hech qachon unutmaymiz. U shuningdek, Real tarixiga o‘z ismini yozishga intilmoqda.

Mbappe mening davrimda Ronald kabi bir mavsumda 60 gol urishi mumkinmi? Meni individual ko‘rsatkichlar juda qiziqtirmaydi. 60 gol urib, trofeysiz qolishdan ko‘ra, 40 gol urib, trofeylar yutganim yaxshiroq», – deydi Mourinyo Madrid Zone nashriga.

Krishtianu Ronald 2011/12 yilgi mavsumda «Real» safida 55 o‘yinda 60 marta to‘p kiritgan. Umuman olganda, portugaliyalik 438 uchrashuvda 450 gol urgan.