Zvezda jahon futbolining yulduzi Lionel Messi Ispaniyaning «Eldense» klubining egasiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e'lon qilindi.

«Ispan professional futboliga klub egasi sifatida kirishi sport tarixidagi eng muhim shaxslaridan birining «Eldense» klubiga kelishi uzoq muddatli loyiha boshlanishini anglatadi, bu loyiha klubning sport, institut va ijtimoiy rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan», - deyiladi jamoaning matbuot xizmatining bayonotida.

«Eldense» klubi hech qachon La Ligada o'ynamagan. Jamoa 1921 yilda tashkil etilgan.

O'z navbatida, Messi o'zining futbol karerasini MLSda - Inter Mayami klubida davom ettirmoqda.