«Real»ning matbuot xizmati UEFAga «Negreyra ishi» bo‘yicha hujjatlarni topshirganidan so‘ng bayonot berdi.

«Real» hujjatlarni olganidan so‘ng tergovning tezda davom etishini va tegishli organlar faktlarning jiddiyligiga mos ravishda qarorlar qabul qilishini muhim deb hisoblaydi», — deyiladi klub saytida.

Bayonotda shuningdek, «Real» tomonidan berilgan shikoyatda «musobaqalarning halolligiga va hakamlik tizimiga ishonchga bevosita ta'sir qiluvchi juda jiddiy voqealar» haqida dalillar keltirilgani qayd etilgan.

Oldinroq UEFA «Real»dan «Barcelona»ning sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrike Negreyra uchun to‘lovlar bo‘yicha hujjatlarni olganini ma'lum qilgandi.