UEFA «Barselona»ga qarshi tergov boshladi. UEFAning rasmiy saytida «Real»dan «Nigreyralar ishi» deb ataladigan hujjatlar olgani haqida ma'lumot e'lon qilindi. Bu Kataloniya klubining sobiq texnik komitet vitse-prezidentiga to'lovlari haqida.

«UEFA tasdiqlay oladi, «Real»dan «Barselona»ga qarshi davom etayotgan tergovga aloqador ko'p miqdorda hujjatlar olindi. Bu Xose Mariya Enrike Nigeirya, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining sobiq hakamlar texnik komiteti vitse-prezidenti bilan bog'liq», - deyiladi e'lon qilingan matnda.

UEFAning etika va intizom inspektorlari bu hujjatlarni qabul qilib, tergov jarayonida baholaydilar.

Avvalroq «Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona»ni hakamlar ustida ta'sir o'tkazishda ayblagan edi. Biroq Kataloniyaliklar hakamlik hisobotlari uchun to'lovlar amalga oshirganliklarini ta'kidlagan.