«Barselona» «Real» klubining UEFAga Negreyra bilan aloqalari bo'yicha hujjatlar taqdim etgani haqida xabarlar chiqqanidan so'ng bayonot berdi.
«UEFA «Barselona»ga qarshi yangi intizomiy ishlarni ochmadi. Ushbu ishlar 2023 yilda ikki tergovchining tayinlanishi bilan boshlandi. Ular hech qachon yopilmaganligi sababli qayta ochilmadi», — deya aytiladi klubning rasmiy saytida.
Bayonotda shuningdek, tergov Ispaniyadagi jinoyat ishiga bog'liq ekanligi ta'kidlangan. «Barselona» tergov boshlangandan beri UEFAdan hech qanday to'siqlarsiz litsenziyalar olib kelayotganini va tashkilot tomonidan o'tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotganini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda «Barselona» Negreyra, Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasida (RFEF) ishlagan shaxsga to'lovlar bo'yicha pora berishda ayblangan. Klub 2001 yildan 2018 yilgacha 8 million evrodan ortiq to'lovlar amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
