So'nggi vaqtlarda Erling Holandning klubini o'zgartirishiga doir mish-mishlar kuchaymoqda. Buning sababi, «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni bir necha bor buzganligi uchun aybdor deb topilgan. «Shaharchilar»ni Angliya Premer Ligadan chiqarish xavfi mavjud va bunday holatda klub yulduzlarini yo'qotishi mumkin.
El Nacional nashrida «Real» va «Barselona» Holand uchun raqobatchilar sifatida ko'rsatilgan. Shu bilan birga, Le Parisien manbasi ma'lum qilganidek, norvegiyalik to'purarni olishda PSJ katta jamoalardan o'zib ketishi mumkin. Parij klubining rahbari Nasser al-Xelaifi Holandni qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
«PSJ»da Erling Holand Usmon Dembelening o'rnini egallashi mumkin, chunki uning Saudiya Arabistoniga ko'chishi mumkinligi istisno qilinmaydi.
26 yoshli Holand Transfermarkt portalida 220 million evro deb baholanmoqda.
