«Barselona» jamoasi himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar ligasining Bryugge jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinning oxirlarida jarohat oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
24 yoshli futbolchi 93-daqiqada maydonni tark etdi, ehtimol uning burni singan. Barca Universal xabariga ko‘ra, o‘yin tugagach, Garsiya shifoxonaga olib ketildi, biroq undan avval jurnalistlar bilan suhbatlashishga ulgurdi.
Garsiya bergan intervyuda: «Ha, o‘ylaymanki, burnim singan. Ko‘ramiz.
Umid qilamanki, muammo shunchalik jiddiy bo‘lmaydi», dedi. Ertaga, 9 noyabr, yakshanba kuni, Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa La Ligada Selta jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Keyingi Chempionlar ligasi o‘yini 25 noyabrda Angliyada bo‘lib o‘tadi va raqib Chelsea jamoasi bo‘ladi.