«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o‘zining taktika tizimi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

So‘nggi paytlarda bu tizimda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Chorshanba kuni «ko‘k-qizil» jamoa Chempionlar ligasida «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘yinda 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

Bu jamoa ketma-ket to‘qqizta o‘yinda gol o‘tkazib yubordi, bu holat oxirgi o‘n ikki yil ichida kuzatilmagan edi. Flikning aytishicha, jamoa past himoya blokiga o‘tishi yoki o‘z futbol falsafasiga muvofiq o‘yinni kuchaytirishga harakat qilishi mumkin.

Muammo esa o‘yinda intensivlikning yetishmasligidadir. Agar o‘yindagi faollik past bo‘lsa, Chempionlar ligasida yaxshi natija kutish qiyin bo‘ladi.

Murabbiy o‘z taktikasini keskin o‘zgartirish niyatida emasligini ta’kidladi. U jamoa o‘zining futbol DNKsi asosida o‘ynashni xohlaydi.

Past himoya blokida o‘ynab, faqat kontralardan bir gol urib g‘alaba qozonish niyatida emaslar. 3:3 hisobidagi durang eng yaxshi natija emas, lekin har bir o‘tkazilgan goldan keyin jamoa hisobni tenglashtira olgani ijobiy jihatdir, dedi Flik matbuot anjumanida.

Hozirda «Barselona» Chempionlar ligasining umumiy bosqich jadvalida to‘rt turdan so‘ng yetti ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Jamoa oldida hali ko‘plab imkoniyatlar mavjud.