Rafinyaning oxirgi Braziliya terma jamoasiga safarida jarohat olishi xavotir tug'dirgan edi. Shuning uchun, forvardning noyabrda terma jamoaga chaqirilishi Kataloniyada xavotir uyg'otmasdan qolmadi.
Ammo, El Nacional xabariga ko'ra, «Barselona» Braziliya terma jamoasi bilan Rafinyaning o'yin vaqti bo'yicha reja tuzdi. Tomonlar terma jamoaning kelgusi o'yinlarida forvard uchun o'yin vaqti miqdorini kelishib oldilar.
Braziliya terma jamoasi bu oy Yaponiyaga va Singapurga qarshi do'stlik o'yinlari o'tkazadi.
2026/2027 yilgi mavsumda Rafinya «Barselona» uchun 14 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarda futbolchi 19 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
