Hozirgi mavsum Vinisius Junior uchun Madridning "Real" jamoasida oxirgisi bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Braziliyalik futbolchi klub rahbariyati bilan murakkab shartnoma yangilash muzokaralari fonida munosabatlari yomonlashgan. Yaqinda "El Klassiko" o‘yinida maydondan almashtirilgandan so‘ng u norozilik bildirib, vaziyat yanada keskinlashdi.

Jurnalist Markos Benito ma’lumotiga ko‘ra, yulduzli qanot himoyachisi keyingi mavsumda Madridda qolishi kam ehtimoldan yiroq. 25 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasidan qiziqish bildirayotganlar bor.

Vinisius shartnoma muddati tugashini kutmasdan, 2026 yilda jamoani tark etishni afzal ko‘radi. Bu esa "Real"ga uni sotish orqali daromad olish imkonini beradi.

Shu sababli klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hal qilinmasa, uning ketishi ehtimoli oshadi.