Madriddagi Real hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.
- Bizning bitta maqsadimiz bor - g‘alaba qozonish. Mourinyo kabi murabbiyga ega bo‘lish juda ajoyib, u g‘alaba qozonishni biladi, - deydi Mbappe, jurnalist Fabrizio Romano so‘zlarini keltirib.
Fransuz hujumchisi oldin jamoasi kelgusi mavsumda trofeylar qo‘lga kiritishiga ishonch bildirgandi.
Mourinyo Realga bu yozda tayinlangan bo‘lib, klubda Alvaro Arbeloa o‘rnini egalladi. «Real» yangi mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yini 22-avgustda bo‘lib o‘tadi - o‘sha kuni Mourinyo shogirdlari Espanyolga qarshi 1-turda Ispaniya chempionatida safarda o‘ynaydi.
