«Sevilya» yarimhimoyachisi Lyusyen Agume «Levante» bilan 3:3 hisobida yakunlangan o'yindan so'ng hakamni tanqid qildi.
«Biz ikki ochko yo'qotdik. Ikkinchi golimizdan so'ng shunchalik tez gol o'tkazib yuborish mumkin emas. Biz g'alaba qozonish uchun juda ko'p xatolar qilmoqdamiz. Bizni atrofdagilar nima deb o'ylashlari unchalik qiziqtirmaydi.
«Muammo 3:3 hisobida emas, balki hakamning bizning futbolchimizni golni nishonlagani uchun maydondan chetlatganida. Isak hech qanday yomonlik qilmadi. U golni odatdagidek nishonladi. Hakam o'zining qizil kartochka ko'rsatish qarorini tushuntiradi, deb umid qilaman», - deydi Agume Marca nashriga.
Isak Romero 95-daqiqada «Sevilya»ning uchinchi golini urdi va hisobni 3:2 ga keltirdi, lekin tez orada tribunaga qaratilgan harakati uchun ikkinchi sariq kartochka oldi. Kamchilikda qolgan «Sevilya» 100-daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan boy berdi.
