«Sevilya» hujumchisi Aizek Romero Ispaniya chempionatining 8-turida «Levant»ga qarshi o‘yinda gol urib, bayram qilgandan so‘ng maydondan chetlatildi.
26 yoshli futbolchi 90+5-daqiqada gol urdi, so‘ngra raqibning muxlislarini provokatsiya qiluvchi harakatlar qildi. O‘yinning hakami Adrian Kordero Vega unga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatdi.
«Levant» va «Sevilya» o‘rtasidagi o‘yinga Valensiyada bo‘lib o‘tdi va 3:3 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng «qisqichbaqalar» 6 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallasa, sevilyaliklar 14 ball bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Hozirgi mavsumda Romero Ispaniya chempionatida 6 o‘yinda 1 gol va 1 assist bilan ajralib turdi.
