Mashhur fransuz sobiq hujumchisi Jean-Pierre Papen Kilian Mbappening «Zolotoy myach» haqidagi fikrlarini tanqid qildi.

So'nggi oylarda Madridning «Real» hujumchisi bir necha bor o'zini joriy yilda mukofotga loyiq deb hisoblayotganini aytgan.

«Men Kiliani juda yaxshi ko'raman. U rekorddan rekordga o'tmoqda, lekin bir payt kelib o'zidan juda ko'p gapira boshladi – men, men va yana bir bor men. «Zolotoy myach» egasini boshqa odamlar tanlaydi. Uning ommaviy bayonotlarida doimo: «Hech kim men kabi mukofotni olishga loyiq emas» degan fikr sezilib turardi – menimcha, bu ortiqcha», – deya ta'kidlagan Papen, 1991 yilda «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritgan.

Mukofot taqdimoti 26-oktabrda bo'lib o'tadi.