Madriddagi Real jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Barselona»da ishlagan davrini esladi.
Purtugalik murabbiy 1996 yildan 2000 yilgacha kataloniyalik buyuk jamoaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 1996-1997 yillarda «maxsus» murabbiy, afsonaviy ingliz murabbiyi Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lgan deb hisoblanadi.
«Agar men «Barselona»da ingliz tilida erkin gapira oladigan yagona shaxs bo‘lgan bo‘lsam, bu menga tarjimon bo‘lganiimni anglatmaydi. Mening akademik darajam ingliz tilini o‘rganishimga imkon berdi, lekin men Bobbi Robsonning tarjimoni emas, balki uning yordamchisi edim», - deydi Mourinyo Madrid Universalga bergan intervyusida.
2000 yilda Jozef mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlab, Benfika jamoasini boshqargan.
