Ispan jurnalisti Tomas Ronsero «Barselona»ga nisbatan «Negreyra ishi» haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men Mourinyoni bu yerda ko'rganimdan va u jim turmasligidan xursandman! Hammamizning ko'zimizni yumib, «Real»ga nisbatan adolatsizlikka qarshi turmasligimizdan nafratlanaman. Bu futbol tarixidagi eng katta mojarolardan biri! Jim turish – bu qo'rqoq bo'lish demak! «Barselona» kabi klub har yili texnik komitasi vitse-prezidentiga 8 million evro to'laydi va shu bilan birga sharmandali statistika foydalangan!»
Kimdir sariq kartochka olish uchun Vinisiusga 16 marta fowl qilish kerak! Adolat o'rnatilmaguncha, hech kim jim turmaydi. «Barselona»ning to'rtta prezidenti uzr so'rashi kerak! Qanday sudya hisobotlari? Bunga kim ishonadi?
Mourinyoni haqli! Bu jahon futbolidagi eng katta sudya mojarosi! Men jim turmayman!» - deydi Ronsero The Touchline nashrida.
Avvalroq «Barselona» sudyalar uchun emas, balki sudya hisobotlari uchun to'laganini ta'kidlagan edi.
