FIFA sobiq hakami Sergey Lapockin Ispaniya La Ligasida «Real» hujumchisi Vinicius Juniorning «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda (1:0) qizil kartochka olishini sharhladi.

«Vinicius raqibning sochidan tortadi. Bu aniq qizil kartochka. Tushuntirishlarga ko'ra, bu agressiv harakat hisoblanadi, chunki odamni sochidan tortish», — dedi Lapockin «Match TV»da.

Taxmin qilinmoqda, Vinicius faqat bitta o'yinni o'tkazib yubormaydi. Katta ehtimol bilan, braziliyalik futbolchi kamida ikki o'yinlik diskvalifikatsiya oladi va «Barselona»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Ushbu mavsumda Vinicius barcha turnirlarni hisobga olganda, to'qqizta o'yin o'tkazdi, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Vinicius «el klasiko»da o'ynamasligi mumkin — sabab ma'lum