«Barselona» qanot o'yinchisi Runi Bardgji jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. 20 yoshli futbolchi xochsimon bog'ichning yirtilishi bilan jarohat oldi – yaqin kunlarda unga operatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu shved futbolchisi uchun karerasidagi ikkinchi bunday jarohat: birinchisi 2024 yil aprel oyida «Kopengagen»da o'ynagan paytida yuz bergan – o'shanda tiklanish jarayoni taxminan 11 oy davom etgan.

«Sen buni avval ham bajarganding, va yana bir bor bajara olasan, Runi», – deb eski o'yinchisini ijtimoiy tarmoqlarda qo'llab-quvvatladi «Kopengagen».

Runi Bardgji o‘tgan yilning yozida «Kopengagen»dan «Barselona»ga o‘tdi. O'yinchi Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 28 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.