Yaqin soatlarda «Barselona» bilan bog'liq katta e'lon yoki shov-shuvli yangiliklar kutilyapti. Katalon klubiga oid ma'lumotlarni faol yoritayotgan jurnalistlar o'z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ko'rsatmalar berishdi. Ushbu ko'rsatmalar asosan «popkorn», «telefon», «bombalar» kabi emodjilar shaklida berilgan.
Shuni ta'kidlash joizki, «Barselona»ning sport direktori Deku Madridda ko'rinib qoldi. Katalon klubi hozirda «Atletiko»ning qat'iy pozitsiyasiga qaramay, Xulian Alvaresni qo'lga kiritish uchun oxirgi urinishni amalga oshirmoqda. Yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
«Barselona» yangi mavsumdagi birinchi o'yinini 23-avgustda «Elche»ga qarshi o'tkazadi.
