Yarim himoyachi Pedri o'z jamoadoshi Entoni Gordon o'yini haqida fikrlarini bildirdi.

Angliyalik qanot o'yinchisi mavsum boshlanishidan oldin Nyukasldan Barselonaga o'tdi.

«Biz Gordon bilan juda yaxshi til topdik, munosabatlarimiz ajoyib. U bilan hamma narsa osonlashdi va men uning mahoratidan hayratda qoldim.

Oldinroq maydonda u bilan to'qnash kelganman, lekin har bir mashg'ulotda uni ko'rish imkonim bo'lmagan. U bizga juda yordam beradi», – deydi Pedri, Barca Universal'ga bergan intervyusida.

Entoni Gordon «Barselona» safida barcha musobaqalarda o'n o'yinda ikki gol va beshta assist yozib oldi.