Yarim himoyachi Pedri «Barselona» jamoasining ko'p gol urishining sabablarini aytib berdi.
Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa joriy mavsumda barcha musobaqalarda 11 o'yinda 48 gol urdi va barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi. Qiziq, ko'p uchrashuvlarda «ko'k-qizillar» to'g'ri «to'purar»siz o'ynashmoqda.
«Bizda hujumda o'z hissasini qo'shishga qodir ko'p o'yinchilar bor. Biz juda ko'p vaziyatlar yaratamiz, shuning uchun biron narsa albatta golga aylanadi», – dedi Pedri matbuot anjumanida.
Bugun soat 22:00 da «Barselona»ning uchinchi bosqichdagi Chempionlar ligasi doirasidagi o'yini «PSJ»ga qarshi boshlanadi.
