Sport direktori Deku va klubning skautlik bo'limi rahbari Joau Amaral Madridda ko'rinishdi. Jijantes FC ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» vakillari «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish uchun so'nggi urinishni amalga oshirishadi.
Yaqin kunlarda Deku va Amaral 26 yoshli Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan uchrashadilar.
Jahon chempionatida Xulian Alvares «Atletiko»dan «Barselona»ga o'tish istagini bildirdi. Biroq, «matraschilar» qat'iy harakat qilib, hujumchini «Kamp Nou»ga yuborishni xohlamaydilar.
Xulian Alvares Transfermarkt portalidagi mutaxassislar tomonidan 120 million evroga baholanmoqda.
