Katoloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yanvar transfer oynasida gollandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning ketishini to‘xtatmoqchi, deb xabar bermoqda Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-qizillar» tarkib chuqurligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas va shuning uchun «Manchester Yunayted» va «Liverpul» bilan o‘yinchi bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi.

De Yong «Barselona» safida 2019-yil yozidan beri o‘ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyun oyigacha davom etadi. Futbolchining bozor qiymati 25 million evroga baholanmoqda.