Viniysiusi Junyor va «Real» o'rtasidagi shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi. Yahoo! Sports nashrining jurnalist Ramon Alvaresga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi Viniysiusi uchun oxirgi taklifini yaxshilashni rejalashtirmagan.

«Real» Viniysiusi uchun 17 million evro bo'lgan hozirgi maoshiga nisbatan yiliga 20 million evro to'lashni taklif qilgan. Biroq, braziliyalikning vakillari 30 million evro atrofida maosh talab qilmoqdalar. Ular Viniysiusi o'z o'yini va tijorat jozibasi hisobga olinsa, aynan shuncha pul ishlashi kerak deb hisoblashadi.

Viniysiusi Junyorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.