Madriddagi «Real» urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde'ni sotish variantini ko'rmayapti. Bunga «Marca» gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «suvli» jamoa kelajakda yarim himoyachiga umid qilmoqda. Shuningdek, Federiko 2026/2027 mavsumida jamoaning kapitanligi uchun tayinlanishi kutilmoqda.

Valverde 2018 yildan beri madridliklar safida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyida tugaydi. 27 yoshli urugvaylik futbolchining bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda La Ligada yarim himoyachi 33 o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta assist berdi.

Mourinyo Bellingem, Gyuler, Tchuameni va Valverde bo'yicha qaror qabul qildi