Chap himoyachi Alejandro Balde «Barselona»dan yanvar oyida ketishi mumkin.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda «sine-granatoviylar» tarkibida o'rnini yo'qotdi. Ispaniyalik jurnalist Ferran Martinesning ma'lum qilishicha, u yanvarda ketish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. O'yinchi transfer uning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarishiga va karerasini qayta boshlashiga yordam berishiga ishonmoqda.

Alejandro Balde joriy mavsumda «Barselona»ning to'rtta o'yida ishtirok etdi, ammo birorta o'yinda ham boshlang'ich tarkibda maydonga tushmadi. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 40 million evro deb baholanmoqda.