Yarim himoyachi «Real»dan Franco Mastantuono bu yozda klubni tark etishi mumkin, deb yozadi Mundo Deportivo.

Ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati uni joriy transfer oynasida ijaraga yuborishni rejalashtirmoqda. Biroq, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bu haqda nima o'ylayotgani hali noma'lum, chunki portugaliyalik mutaxassis argentinalik futbolchini yuqori baholaydi.

Havbekning «Real» bilan shartnomasi 2031 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali argentinalik futbolchini 45 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda Mastantuono Ispaniya chempionatida 23 ta o'yin o'tkazib, bir gol urdi va beshta sariq kartochka oldi.

Oldinroq, futbolchini italyan ulkanlari bilan bog'lashgan edi.