Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchi Rodrigo haqida aniq pozitsiyani egalladi. Mundo Deportivo ma'lum qilganidek, klub yozda braziliyalikning ketishiga to'sqinlik qilmaydi.

Hujumchining «sutli» klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha mo'ljallangan. Biroq, Rodrigo «Real»ni tark etmoqchi emas. Aksincha, braziliyalik jamoada o'z o'rni uchun kurashishga qat'iy qaror qilgan. U yangi murabbiy Joze Mourinyo oldida o'z qiymatini isbotlamoqchi. Hozirda Rodrigo jiddiy jarohatdan tiklanmoqda. «Real» esa boshqa klublardan Rodrigo uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.