Flank hujumchisi «Malyorka»dan Xan Virxili «Barselona»ga qaytishi mumkin.

Jurnalist Nil Solaning xabarlariga ko'ra, «Barselona» Virxilining transferi ustida ishlamoqda. Kataloniyaliklar qanot o'yinchisini sotib olib, «Betis»ga ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Tomonlar hali kelishmovchilikda, lekin bitim ilgari surilgan bosqichda.

Oldinroq «Barselona» Virxilining vakillari bilan uchrashuv o'tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi.

2025/26 yilgi mavsumda Virxili barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazdi, ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va olti golli uzatma berdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 15 million evroni tashkil etadi.