Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi Abbosbek Fayzullayev qaysi klubda bir kun bo‘lishni orzu qilayotganini aytdi.

Eks-«CSKA» o‘yinchisi, bir kun «Barselona»da o‘ynashni xohlayotganini tan oldi va Ispaniya chempionatida qatnashishni orzu qilayotganini ta'kidladi.

- «Barselona» - mening eng katta orzum! Va men uni amalga oshirish uchun harakat qilaman. Vaqt ko‘rsatadi, lekin men oxirigacha harakat qilaman, - deya Fayzullayevning so‘zlarini «SE» yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli o‘zbek qanot o‘yinchisi 2023 yildan 2025 yilgacha «CSKA»da o‘ynagan. U Moskva jamoasi safida jami 72 o‘yin o‘tkazib, 8 marta gol urgan va 22 marta hamkorlariga assistentlik qilgan.