Madridning «Real» klubida yangi «to'rtlik» paydo bo'ladi. Avval bu raqamni David Alaba egallagan edi, u o'tgan mavsum oxirida erkin agent sifatida jamoani tark etdi. Jurnalist Miguel Ángel Díazning xabar berishicha, to'rtinchi raqam ostida o'ynash istagini markaziy himoyachilar Din Huyzen va Raul Asensio bildirishgan. Asosiy da'vogar sifatida birinchisi ko'rilmoqda.

To'rtinchi raqam – «oq-sariqlar» uchun alohida ahamiyatga ega: Davit Alabadan oldin bu raqamni Sergio Ramos, Fernando Hierro va boshqa taniqli futbolchilar egallagan.

«Real»ning yangi bosh murabbiyi sifatida yaqinda portugalik Joze Mourinyo tayinlandi, u 13 yil o'tgach, klubga qaytdi. «Maxsus» murabbiy Alvaro Arbeloani almashtirdi.