«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoani kuchaytirishni xohlaydi. El Nacional sahifalarida nemis mutaxassisining istaklari haqida maqola e'lon qilindi. Flikning birinchi o'rinda qo'ygan vazifasi Pau Kubarsi bilan markaziy himoyachi qo'shishdir.

Flikga yuqori himoya chizig'ida harakat qiladigan, qanot himoyachilari qo'shilganda bo'sh joylarni qoplab, bosimdan chiqishda mahoratli futbolchi kerak. Yangi o'yinchi ushbu pozitsiyaga qo'shilganda, Flik Jerar Martinni yanada moslashuvchan rotatsiya qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shuningdek, Flik darhol asosiy tarkibda o'ynashga tayyor qanot himoyachisini ham qo'shmoqchi. Nemis mutaxassisi o'yinchidan qanotni yopish va hujumni rivojlantirish uchun variantlar taklif qilishini xohlaydi.

«Bunday o'yinchi bilan Flik manevr qilish imkoniyatiga ega bo'ladi: muayyan o'yin xususiyatlariga qarab, u Kanseluning hujum potentsiali, Martinning universal imkoniyatlari yoki Farinyasga o'yin vaqti berish o'rtasida tanlov qilishi mumkin», - deyiladi maqolada.

«Barselona» La Ligada 12 turda 33 ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda.