22 yoshli yarim himoyachi «Barselona»dan Mark Kasado boshqa Ispaniya klubiga o'tishga qat'iy qaror qildi.

Mundo Deportivo xabarlariga ko'ra, Kasado o'z karerasini «Atletiko» Madridda davom ettirishni rejalashtirmoqda, chunki u muntazam o'yin amaliyotini olishni xohlaydi. «Matraschilar»ning sport bo'limi Kasadoni kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblaydi, ammo jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone hozircha transferni ma'qullamadi.

«Barselona» Kasadoni 25-30 million evro evaziga sotishga tayyor. Shuningdek, «Atletiko» yarim himoyachiga qiziqayotgan yagona jamoa emas. Uning xizmatlariga «Manchester Yunayted», «Bayer», «Al-Xilal» va «Monako» ham qiziqmoqda.

O'tgan mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda qatnashdi va birta golli pas berdi.