Vinger Rafinya yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Ispaniyaning Sport nashrida seshanba kuni chiqadigan maqolada, braziliyalik futbolchi «Barselona»dan «Al-Xilal»ga «yo'q» demaganligi haqida so'z boradi.

Rafinya «Al-Xilal»ga bir necha haftaga kutishni taklif qildi. Braziliyalik futbolchi jahon chempionatidan so'ng saudiyaliklar bilan muzokara o'tkazishga tayyor bo'ladi. Hozirda Rafinya to'liq jahon chempionatiga e'tibor qaratmoqda va boshqa narsalarga chalg'imoqchi emas.

29 yoshli Rafinya Transfermarkt portalida 70 million evro deb baholanmoqda. O'yinchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.