«Real» jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo derbi oldidan «Atletiko» tarkibi darajasiga oid savolga javob berdi.
- Siz «Atletiko» tarkibini qanday baholaysiz?
- Men tarkiblarni solishtirmoqchi emasman. Kurtua va Oblakni solishtirmang. Men raqib haqida shuni aytaman: kuchli tarkib, ko'p variantlar, ajoyib murabbiy va o'ziga yoqqan, DNK'siga mos keladigan futbolchilarni tanlaydigan inson. Ko'p yillik ish. Men bu jamoaga qarayman va ishonaman, mavsum oxirida ular chempionlik unvoni uchun kurashayotgan jamoalardan biri bo'ladi, - dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
«Atletiko» - «Real» derbisi bilan bog'liq yangiliklarni matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin. Hakim 17:15 da Moskva vaqti bilan o'z ishini boshlaydi.
