«Barselona» vingeri Entoni Gordon jamoa a'zolari haqida, xususan, Lamina Yamal va Rodri haqida fikr bildirdi.
«Men Yamalni kuchli va talantli futbolchi sifatida kutgan edim, lekin uning mentaliteti meni hayratga soldi. Odatda, bunday talantga ega bo‘lgan yosh futbolchilar himoyada befarq o‘ynashadi, lekin u men bilan bir xil darajada bosim o‘tkazadi. Shuningdek, u hech qachon sport zalidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaydi», - dedi Gordon.
Rodri? Men uni oldin bilardim, chunki unga qarshi o‘ynaganman. U haqiqiy monster. Biz to‘pni yo‘qotganimizda va raqib hujumga o‘tganida, Rodri har doim kerakli joyda bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qildi Gordon El Paisga bergan intervyusida.
«Barselona» Ispaniya chempionatining olti turida maksimal 18 ochko to‘pladi.
