Yakshanba kuni «Real» «Atletiko»ga qarshi derbi o‘tkazadi, keyingi oy esa «El Clasico»da «Barselona» bilan to‘qnash keladi. «Sliychovchilar» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo bu o‘yinlar orasida tanlov qilmasligini aytdi.

- Sizning karerangizning hozirgi bosqichida Madrid derbisi yoki «El Clasico» sizni ko‘proq motivatsiya qiladi?

- Meni har kuni motivatsiya qiladi. Men sizning hurmat bilan gapirayotganingizni tushunaman, lekin siz «kareramning hozirgi bosqichida» deb aytganda... birinchi kundan hozirgacha hamma narsa bir xil. Yillar mening xarakterimni o‘zgartirmaydi. Meni «Vilyarreal»ga qarshi keyingi tur, «Atletiko»ga qarshi derbi, «El Clasico» bir xil darajada motivatsiya qiladi. Motivatsiya nuqtai nazaridan hamma narsa bir xil.

Men allaqachon aytganimdek, derbi va «El Clasico» madaniyat, tarix bilan bog‘liq. Ular ichida bir narsa ko‘proq bor. Lekin agar siz motivatsiya haqida gapirayotgan bo‘lsangiz... bu har kuni bor», - dedi Mourinyo matbuot anjumanida.

«Real» Ispaniya chempionatida olti turda 15 ochko to‘pladi.