FIFA tomonidan sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslarni birlashtirish qarori natijasida milliy chempionatlarda tanaffus ikki haftadan uch haftaga uzaytirildi. Real jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bu yangilikdan qanchalik mamnun ekanligi haqida savolga javob berdi.
«Kimga bu yoqadi? Lekin biz nima qila olamiz? Bizda 20 kun davomida faqat to'rtta o'yinchi qoladi. To'rtta. Ba'zilar esa «Vilyarreal» bilan o'yinidan uch kun oldin yoki hatto ikki kun oldin qaytadi. Braziliyaliklar Hindistondan qaytishadi, evropaliklar esa to'rtta og'ir o'yin o'tkazishadi. Mening holatimda bu qiyin, chunki tanaffusdan so'ng bizni ketma-ket «Vilyarreal» va «Roma» kutmoqda. Lekin bu muammolar bizda yaxshi o'yinchilar borligini anglatadi», - dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
Joze Mourinyo hozirda «Real»ni «Atletiko»ga qarshi La Ligadagi mehmon o'yiniga tayyorlamoqda.
