«Barselona»ning kapitani Rafinya Dias joriy yilda «Oltin to'p»ni kim olishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

O'zining nomzodlar ro'yxatida bo'lmagan braziliyalik futbolchining jamoasidan esa uch nafar o'yinchi – Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Rodri Ernandes nomzodlik qilmoqda.

Yamal bu yil «Oltin to'p»ni yutadimi?

– Odamlar uning o'yinini tomosha qilish uchun har qanday pulni to'lashga tayyor. Men ham buni to'lashga tayyorman, lekin men o'zim maydonga chiqaman – undan tomosha qilish yanada yoqimli. Boshqa o'yinchilardan uzr so'rayman, lekin men uchun bu mutlaqo aniq: Lamin – katta farq bilan eng yaxshisi, u mukofotni olishi kerak, – dedi Rafinya, uni The Touchline nashri keltirmoqda.

G'olibning ismi 26-oktabrda e'lon qilinadi. O'tgan yili Lamin Yamal ovoz berish natijalarida ikkinchi o'rinni egalladi, Usmon Dembelega yutqazdi.