«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal La Liga'da qaysi jamoalar eng jozibador futbol ko'rsatishini aytib berdi.
«Menga Betisning o'yinlarini tomosha qilish yoqadi, shuningdek, «Vilyarreal» ham menga ma'qul. Premier-ligada men barcha jamoalarni kuzataman – Angliyada har bir o'yin menga qiziq. Ispaniyada esa «Betis» va «Vilyarreal»ni yoqtiraman», – dedi Yamal Xorxe Valdano bilan bo'lgan intervyusida.
«Betis» 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda, faqat Madridning «Real»i va «Barselona»dan ortda qolmoqda. «Vilyarreal» mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi va oltita turdan so'ng besh ochko bilan 14-o'rinda turibdi.
Bugun Moskva vaqti bilan 22:00 da «Barselona»ning «Sevilya»ga qarshi safarda o'yini boshlanadi.
